07:29 / 10.11.2021
0
22512
«O‘zgidromet» eng ko‘p chang miqdori to‘plangan shaharlar ro‘yxatini e'lon qildi 

2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan sovuq havo oqimi kirib keldi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev

Sovuq front zonasida shamolning kuchayishi 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ba'zi joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Shamol ta'sirida tuproqning yuqori qurigan ustki qatlami ko‘tarilib, respublikaning bir qator hududlariga ko‘rishning 100-200 metrgacha yomonlashishi bilan changli qumli tuman ta'sirini yuzaga keltirdi. Atmosfera havosida changning miqdori keskin o‘sdi.

4 noyabrda havoda chang miqdori bo‘yicha maksimal ahamiyatlilik quyidagi hududlarda qayd etildi: 

  • Toshkent - belgilangan me'yordan 33 barobar;
  • Chirchiq - 26 barobar;
  • Guliston va Olmaliq - 20 barobar; 
  • Bekobod - 18 barobar; 
  • Buxoro - 14 barobar;
  • Angren va Navoiy - 8 barobar; 
  • Samarqand – 4 barobar;
  • Sariosiyo, Namangan, Urganch, Farg‘ona, Qo‘qon - taxminan 2 barobar.

Tungi soatlarda atmosferaning quyi qatlamlarida hosil bo‘lgan inversion to‘xtatuvchi qatlam natijasida yer ustki qatlamida havo past darajasi changning tarqalishiga to‘sqinlik qildi.

5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va 2 belgilangan me'yordan barobardan 8 belgilangan me'yordan barobar darajasigacha yetdi.

8 noyabr kunduz kuni respublikada atmosfera havosi ifloslanishi faqat ayrim shaharlarda ruxsat etilgan ahamiyatlilikdan yuqori bo‘ldi.

Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi ustidan kuzatuvlar avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalaridan har soatda amalga oshirilgan. Boshqa shaharlarda kuzatuvlar diskret tartibda olib borilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top