10:31 / 10.11.2021
18715

Toshkentdagi harbiy shaharcha sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi yirik ko‘chmas mulkni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. E-auksion saytida tegishli ma’lumot paydo bo‘lgan.

Foto: E-auksion

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Tirsakobod ko‘chasi, 60-son harbiy shaharcha sotuvga qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 avgustdagi tegishli qarori obektni xususiylashtirish uchun asos ekani aytilgan.

Obekt 1940 yilda qurilgan bo‘lib, yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni - 27,86 ga, binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni - 29,8 ming kv.m.

Obektning boshlang‘ich bahosi – 204,9 mlrd.so‘m. Arizalar 11 dekabrga qadar qabul qilinadi, auksion 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top