10:09 / 11.11.2021
9251
Banklarda dollar kursi birinchi marta 10 770 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 11 noyabr, payshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: KUN.UZ /Muhammadjon G‘aniyev

Bir qator banklarda dollar olish 10 660 - 10 720 so‘mdan, sotish 10 770 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

Qayd etish lozimki, so‘nggi marta banklarda dollar kursi iyun oyi o‘rtalarida jiddiy ko‘tarilgandi (1 AQSh dollarining sotish kursi - 10 670 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 11 noyabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, bir dollar 10 715 so‘m 30 tiyinni tashkil qildi.

Mavzuga oid
Top