16:58 / 11.11.2021
3173
Chexiya hukumati iste'foga chiqdi

Prezident Milosh Zeman o‘tgan haftada fuqarolar demokratik partiyasi yetakchisi Petr Fialaga Chexiyaning yangi hukumatini shakllantirish vazifasini topshirgandi.

Foto: Global Look Press

Chexiya hukumati rahbari Andrey Babish iste'foga chiqishga ariza berdi.

«Hukumat iste'foga chiqishga qaror qildi. Men prezidentga iste'fo to‘g‘risida ariza berdim, prezident qabul qildi», — dedi Babish.  

Endi mamlakat prezidenti Milosh Zeman iste'foga chiqayotgan vazirlardan yangi mahkama shakllantirilguniga qadar o‘z vazifalarini bajarib turishlarini so‘raydi.

Zeman o‘tgan haftada fuqarolar demokratik partiyasi yetakchisi Petr Fialaga Chexiyaning yangi hukumatini shakllantirish vazifasini topshirgandi.

Yangi hukumat tarkibida 18 nafar vazir bo‘lishi kutilmoqda.

Fiala 57 yoshda bo‘lib, ilgari ta'lim vaziri bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top