04:44 / 11.11.2021
22203

Dunyodagi eng katta yaxta suratlari e'lon qilindi

Foto: Robb Report

Dunyodagi eng katta super-yaxta Somnio intererining birinchi suratlari e'lon qilindi.

222 metrlik yaxta o‘zidan kruiz layneri va super-yaxta o‘rtasidagi kemani aks ettiradi.

Foto: Robb Report
Foto: Robb Report
Foto: Robb Report

Kema bortida lyuks sinfidagi 39 apartament bor bo‘lib, ular oshxona, trenajyor zali, kutubxona, ovqatlanish hududlari, garderob va shaxsiy boloxona yoki terrasaga ega.

Norvegiyaning Vard kemasozlik kompaniyasi iyunda dunyodagi eng katta yaxtani qurishini e'lon qilgandi. Somnio kemalarning yangi toifasi — “layner yaxta” toifasiga kiritilgan.

Foto: Robb Report
Foto: Robb Report
Foto: Robb Report

Uning umumiy qiymati 430 mln funt sterlingga (600 mln dollar) baholanmoqda. Undagi apartamentlar narxi 8,1 mln funt sterlingdan boshlanadi. Yaxtadagi barcha apartamentlar sotib bo‘lingach, u dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l oladi.

Top