23:24 / 12.11.2021
8207
Afg‘oniston sharqidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi

Portlash juma namozi vaqtida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xudkush-terrorchi namoz vaqtida portlatish qurilmasini ishga tushirgan.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘onistonning Nangarhor viloyati Spingar tumanidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda Afghanistan International telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, portlash juma namozi vaqtida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, xudkush-terrorchi namoz vaqtida portlatish qurilmasini ishga tushirgan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola va masjid imomi borligi aytilmoqda.

Etilaat Roz gazetasining xabarida aytilishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni bir necha o‘n kishini tashkil etishi mumkin.

Noyabr boshlarida Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida kuchli portlash sodir etilgandi.

Mavzuga oid
Top