19:15 / 12.11.2021
8223
Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik dolzarb masala - Shavkat Mirziyoyev
WAKIL KOHSAR/AFP VIA GETTY IMAGES

Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammitidagi nutqida Afg‘oniston masalasiga yana bir bor to‘xtaldi.

«Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyat barchamizning e'tiborimiz markazida turibdi.

Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir.

Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim», dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Top