14:22 / 12.11.2021
5759
“Bir yil avval otasini berib qo‘ygandik, endi qizim kasal” – musibatni yelkalagan ota-onalar

Oylar davomida umrini Gematologiya shifoxonasida xastalikdan forig‘ bo‘lish ilinjida o‘tkazayotgan bu ota-onalar va bolalar respublikaning turli viloyatlaridan kelishgan. Ularning har birida dunyoga sig‘maydigan dard mujassam.

Do‘stlarini sog‘ingan Shahriyor

To‘rt o‘g‘ilni ulg‘aytirayotgan Nargiza opa ularning bo‘y cho‘zib yoniga kirib qolishidan xursand va umidvor edi. Ammo uchinchi farzandi Shahriyorning oqqon kasalligiga duchor bo‘lishi oila uchun katta musibat bo‘ldi.

“Bunday holga tushishni hech kimga ravo ko‘rmayman. Nima qilishimizni bilmay o‘zimizni har tomonga urdik. 3 o‘g‘lim qishloqda, 90 ga yaqinlashib qolgan buvisining qo‘lida qolgan. Kasallik bilan olishib charchagan bolam do‘stlarini, momosini sog‘inib yig‘laydi. Uyga ketgisi keladi”, deya yig‘laydi u. Shahriyorning ota-onasi uni davolatish uchun hozirda poytaxtda ijarada yashashga majbur bo‘lishmoqda.

Shahriyor Safarovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 3374 5658 onasi Nargiza Mahmanova nomida

Sberbank: 5336 6902 9323 9069 amakisi Ramazon Safarov nomida

O‘zim ko‘chada yotib bo‘lsa ham bolamni davolatgan edim

“Bolam rosa 40 kun baland isitma bilan yashadi. Uning qiynalganini ko‘rib chidashning iloji yo‘q edi. O‘zim musofir shaharda sarson bo‘lib, bir oy ko‘chada yotdim. Kamroq pul bilan kelgandim. Davolatib olib ketgandim o‘g‘limni. Shifokorlarga rahmat, bolam sog‘ayishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishdi”, deydi ko‘z yoshlarini tiya olmay bemorning otasi.

Shahriyor oqqonni yengib butunlay tuzala boshlagan edi. Lekin oradan 4 yil o‘tib yana dardning qaytalashi oila a'zolarini mushkul ahvolga solib qo‘ydi.

Sobirxon Adhamjonovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0451 7988 7973 otasi Anvar Qo‘shanov nomida

Bolamdan ajrab qoldim, deb o‘ylagandim

Murg‘akkina Amirxonning beg‘ubor ko‘zlari onasining ko‘z yoshlariga hayrat bilan tikiladi. Buning sababi esa uning tanasidagi dard bilan bog‘liqligi go‘dak tasavvuriga sig‘maydi.

“Har bir ayol ona bo‘lgach farzandi uning hayoti mazmuniga aylanar ekan. Kechalari og‘riqqa chidolmay o‘rnidan turib ketadi. Ko‘z oldingizda bolangiz kuchli og‘riqlar bilan olishayotgan pallada qo‘lingizdan hech narsa kelmasa undan yomoni yo‘q ekan. Shunaqa qattiq og‘riq bo‘lardi. O‘sha vaqtda “bo‘ldi, bolamdan ajraldim. Tamom endi” deb o‘yladim”, xavotirlarini so‘zlaydi onasi Aksana.

Amirxon Dilshodovga oid ma'lumotlar:  

O‘zkard: 8600 0417 4441 2488 onasi G‘aniyeva Aksana nomida

Viza: 4023 0602 3896 9959 onasi G‘aniyeva Aksana nomida

Bir yil avval otasini berib qo‘ydik, endi qizim kasal

Qashqadaryolik Gulzoda hozir 13 yoshda. Xastalikni bilmagan, bilsa ham parvo qilmagan qizni dastavval boshqa kasallik bilan shifoxonada davolatishgan. Ammo keyinchalik unda boshqa dard – oqqon aniqlangan. Bundan 1 yil avval turmush o‘rtog‘idan ayrilib, to‘rt qizi bilan yolg‘iz qolgan Risolat opa uchun bu kutilmagan zarba bo‘ldi: “To‘rt qizim bor, kattasi 11-sinfda, kenjasi 1-sinfda o‘qiydi, bu uchinchi qizim. Otasi yo‘q. Jigar sirroziga chalindi, 6 oy tinimsiz davolatdik. Lekin foydasi bo‘lmadi, vafot etdi”.

Boquvchisiz qolgan oilaga qarindoshlari, qishloq ahli qo‘ldan kelgancha yordam berishadi. Ammo otasining shifo topishi uchun xonadonda arzigulik hamma narsani sotishgani bois oila bemor qizning parvarishida qiynalib turibdi.

Gulzoda Quvatovaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0451 3589 5136 onasi Risolat Abdullayeva nomida

Humo: 9860 0803 2335 8897 onasi Risolat Abdullayeva nomida

Suygan bandasiga dard berib sinaydi, deydilar. Ammo shu bilan birga, biz – atrofdagilarning ham ularga munosabatimiz bilan bizni-da sinaydi. Qo‘li va qalbi ochiq ehsonsevar yurtdoshlarimiz bu sinovdan yorug‘ yuz bilan o‘tishlariga ishonamiz.

Gulmira Toshniyozova
Tasvirchi – Azimjon Vohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top