07:38 / 12.11.2021
4168
Bozorlardagi asosiy mahsulotlar narxi ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 10 noyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 - 68 000 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000—80 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 3000—7000 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 1200—4000 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 1000—5500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 7000—15 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 5000 —17 500 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 7500—10 000 so‘m.

Narxlarni o‘rganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.

Mavzuga oid
Top