14:02 / 12.11.2021
4719
Sirdaryoda haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
Foto: IIB YHXB

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB otryad komandiri Adham Asqarov ma'lum qildi.

Joriy yilning 9 noyabr kuni soat 18:00larda Sirdaryo viloyati IIB YHXBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Guliston tumani hududidan o‘tuvchi 4K-651 avtomobil yo‘lining 18-kilometrida Nexia haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Foto: IIB YHXB

Mazkur YTH oqibatida haydovchi va ikkita yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan Guliston tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ma'lum qilinishicha, mahalliy ahamiyatdagi yo‘l bo‘lib, aholi yashamaydigan hudud bo‘lganligi sababli sun'iy yoritish moslamalari o‘rnatilmagan. Yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari mavjud.

Foto: IIB YHXB

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida qashqadaryolik shaxs boshqaruvidagi Lacetti ag‘darilib ketishi oqibatida haydovchi vafot etgani va uxlab qolgan «GAZ-53» yuk mashinasi haydovchisi YTHda vafot etgani xabar berilgan edi.

Top