19:59 / 12.11.2021
3064

Yangiyerda «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishiga start berildi

12 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘ldi. Unda nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Umumiy maydoni 50 gektar bo‘lgan yangi massivda 1400 o‘ringa ega bo‘lgan maktab, 1500 o‘rinli bolalar bog‘chasi, poliklinika, 2 ta yoshlar mehnat guzari, IT-Park, kovorking markazi, 10 ta savdo do‘koni, 1000 o‘ringa mo‘ljallangan tikuvchilik sexi, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari quriladi. Shuningdek, viloyat hokimi ko‘rsatmasiga muvofiq yana qariyb shuncha maydonda yashil hudud barpo etiladi.

«Viloyatda uy-joy muammosini hal qilish uchun ikki-uch yildan beri bosh qotiramiz. Chunki uylarga talab yillar davomida to‘planib qolgan edi. Bir xonadonda bir nechta kelin qaynonasi bilan yashayotgan oilalar ko‘p. Shuning uchun Yangiyerda ham yangi massiv qurishga kirishdik. Bu yerda jami 72 ta 5 va 7 qavatli, 2 584 xonadonli turar joylar quriladi, 3 mingga yaqin oila yashaydi. Yangiyer viloyat markazi bilan raqobatlashadigan shahar bo‘ladi», - dedi G‘ofurjon Mirzayev.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi 

Yangi massiv loyihasiga ko‘ra, ushbu hududda 7,5 km ichki yo‘llar, 3,5 km oqava suv tarmog‘i, 3,5 km ichimlik suvi, 2,5 km tabiiy gaz, 3 km elektr tarmoqlari quriladi.

Mavzuga oid
Top