15:32 / 13.11.2021
9287

Bezos kompaniyasining kosmik kemasida fazoga parvoz qilgan biznesmen aviahalokatda qurbon bo‘ldi

De Vris boshqarayotgan Cessna 172 yengil samolyoti Nyu-York shimoli-g‘arbidagi Kem ko‘li yaqinidagi park hududiga qulagan.

Foto: Reuters

Farmatsevtika uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Medidata kompaniyasi asoschisi, Dassault Systemes kompaniyasi vitse-prezidenti Glen de Vris aviahalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, de Vris boshqarayotgan Cessna 172 yengil samolyoti Nyu-York shimoli-g‘arbidagi Kem ko‘li yaqinidagi park hududiga qulagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda bo‘lgan yo‘lovchi Tomas Fisher ham halok bo‘lgan. Aviahalokatga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

De Vris oktyabrda milliarder Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi uyushtirgan fazoga sayohat ishtirokchisiga aylangandi.  

Glen de Vris litsenziyali uchuvchi bo‘lgan, deya qayd etgan CNN.

Mavzuga oid
Top