20:05 / 13.11.2021
1782
Nukusdagi restoranlarning birida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqdan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqda Nukusdagi «Niagara» restoranida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Unda restoran oldida 15-20ga yaqin yigitlar o‘zaro mushtlashgani tasvirlangan.

Voqea yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rasmiy ma'lumot berdi. Unda qayd etilishicha, holat 11 noyabr kuni tungi soat 23:00lar atrofida yuz bergan. Shu kuni mushtlashuv natijasida tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilganlar aniqlanmagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Nukusdagi «Las-Vegas» restoran xodimini do‘pposlagan shaxslar ustidan jinoyat ishi ochilgandi.

Mavzuga oid
Top