07:53 / 13.11.2021
6731

O‘zbekiston migrantlar sertifikatini tan olish tartibini soddalashtirishni taklif qildi

Joriy yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov MDHda mehnat migrantlarining sertifikatlarini tan olish tartibini unifikatsiya qilish zarurligini ma'lum qildi.

Foto: Kaluga 24

«Mehnat migrantlarining sertifikatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini ishlab chiqish taklif qilinmoqda», dedi u juma kuni video-konferens-aloqa formatida bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida. 

Shuningdek, u hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiy o‘sish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, MDH mehnat bozorini yaxshilash bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish masalasi dolzarb ekanini ta'kidladi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yil boshida O‘zbekistondan tashqarida 1,6 milliondan ortiq kishi (iqtisodiy faol aholining qariyb 20 foizi) ishlamoqda, shu jumladan, 1,2 millionga yaqin kishi Rossiyada mehnat qilmoqda.

12 noyabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hukumat rahbarlari kengashining videokonferensiya formatida majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va hamdo‘stlikka a'zo davlatlar iqtisodiyotini tiklash masalalari muhokama qilindi. 

Top