19:59 / 16.11.2021
5820

Buxoroda 2 ishchi tuproq ostida qolib vafot etdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Buxoro viloyatining Kogon shahrida baxsiz hodisa sodir bo‘ldi. Quvur yotqizayotgan 2 nafar ishchini tuproq bosib qolgan. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi dastlabki ma'lumotlarni ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, hodisa bugun, 16 noyabr kuni soat 14:50da shaharning Do‘stlik mahallasida sodir bo‘lgan. “61-Avtokorxona” MChJ tomonidan oqova suv quvurlarini yotqizish maqsadidaeni 3 metr oralig‘ida 5-6 metrlik chuqurkovlanib,1000 mm.li quvurlar yotqizilayotgan paytda chuqurning chap tomoni o‘pirilib ketgan. Oqibatda chuqurda bo‘lgan2 nafar ishchini tuproq va qum bosib qolgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida fuqarolarning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan. Hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida ham suv quvuri qaziyotgan 4 kishini tuproq bosib qolib, ularning 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgandi.

Top