17:53 / 16.11.2021
23607

O‘zbekiston tuman va shaharlaridagi eng yosh hokim kim?

Eng yosh hokim – 30 yoshda va u Samarqand viloyati Narpay tumaniga rahbarlik qilmoqda. Mahalliy hokimlik organlarida faoliyat yuritayotgan 30-40 yosh orasidagi hokimlar soni 35tani tashkil etadi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mahalliy hokimiyat organlarida faoliyat yuritayotgan eng yosh hokimlar ro‘yxatini shakllantirdi.

Foto: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Unga ko‘ra, Samarqand viloyati, Narpay tuman hokimi Sherzod Rahmonov — 30 yosh va u eng yosh hokim hisoblanadi.

Keyingi o‘rinlarni 32 yoshli Sirdaryo viloyati, Shirin shahar hokimi Sarvarbek Sultonov va 33 yoshli Toshkent shahar Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov egalladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 30–40 yosh orasidagi mahalliy hokimlar 34tani tashkil etadi.

Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Agentlik tomonidan Milliy kadrlar zaxirasi yaratilib, elektron tizim takomillashtirilmoqda.

Top