11:01 / 17.11.2021
9409

Avstraliyalik oila cho‘l o‘rtasida to‘rt kun qolib ketdi

O‘z avtouyida qit'aning turli joylariga sayohat qiluvchi avstraliyalik oila Odnadatta shahridan 150 kilometr masofada joylashgan Simpson cho‘lida kuchli yomg‘irdan keyin loyga botib qoldi. Ularni to‘rt kun o‘tibgina qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Oila sahro o‘rtasida qumga tiqilib qoldi. Yordam to‘rt kundan keyin keldi

Lindsi va Ori Zavros hamda ularning kichik yoshdagi farzandlari Zoi va Zeyn hududda kuzatilgan kuchli suv toshqinidan keyin barcha yo‘llar yuvilib ketgach, 12 noyabr kuni yordam so‘rashgan. Qutqaruvchilar bir necha haftadan keyin qutqarishlari mumkinligini aytishgan.

Yordam kutish vaqtida oilaga yordam berish uchun birlamchi ehtiyoj buyumlari, jumladan, suv va telefon aloqasi havo orqali yuborildi. Sayyohlarning furgonida ham ayrim zarur buyumlar bo‘lgan.

Biroq 16 noyabr kuni oila tiqilib qolgan joyda havo harorati keskin ko‘tarila boshladi: sinoptiklar 38 daraja issiq bo‘lishini prognoz qilishgan. Natijada jabrlanuvchilarga yordam berish uchun qutqaruv vertolyoti yuborildi.

Oila tiqilib qolgan joyda quyosh qattiq qizita boshlagach, ularga yordam uchun vertolyot yuborildi. Foto: REUTERS

«Oila Kuber-Pedi shahriga yuborildi. Ular tunni o‘sha yerda o‘tkazib, uyga qaytishni tashkillashtirishlari mumkin», - deya ma'lum qildi Janubiy Avstraliya politsiyasi.

Pert shahridan bo‘lgan oila o‘tgan yilning noyabrida o‘z avtofurgonida Avstraliya bo‘ylab sayohatga chiqqan va Instagram’da o‘z sarguzashtlari haqida yozib borgan.

«Biz borishni istagan joylar ro‘yxatida yana bir tasdiq belgisi qo‘yish uchun mamlakat ichkarisi, Simpson cho‘liga qarab ketyapmiz», deya yozilgan voqea sodir bo‘lishidan biroz oldin qoldirilgan postda.

Sayyohlar avtofurgoni cho‘lda qoladi. 

Top