20:53 / 17.11.2021
10222

Messi Goal talqiniga ko‘ra yil futbolchisi deb topildi

Unga ko‘ra, «Barselona» sobiq hujumchisi, hozirda «PSJ» forvardi sanalmish Lionel Messi Goal.com talqiniga ko‘ra 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Foto: Getty Images

Sayt o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Messi «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan. Uchinchi o‘rindan esa «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonida 14 million kishi ishtirok etgan.

2021 yilning eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasi top-o‘nligi (Goal.com talqini):
1. Lionel Messi («PSJ», Argentina)
2. Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted» Portugaliya)
3. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha)
4. Muhammad Saloh («Liverpul, Misr)
5. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya)
6. Erling Holand («Borussiya», Norvegiya)
7. Karim Benzema («Real, Fransiya)
8. Ngolo Kante («Chelsi», Fransiya)
9. Kevin De Breyne («Manchester Siti», Belgiya)
10. Neymar («PSJ», Braziliya)

Ma'lumot uchun, Messi 2021 yilda Argentina milliy jamoasi safida Amerika kubogi g‘olibi va «Barsa» bilan Ispaniya kubogida zafar quchdi.

Top