09:45 / 17.11.2021
3953
Yuridik shaxslarning avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishiga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Shutterstock

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. Ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan.

Ijaraga oluvchida alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini “Ma'muriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.

Avvalroq, 1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilinishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top