17:09 / 18.11.2021
1980

Chilonzorda ota o‘z farzandi uchun 32000 dollar miqdorida aliment to‘lab berdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida ota o‘z farzandi uchun 32000 AQSh dollari miqdorida aliment to‘lab berdi. Bu haqda majburiy ijro byurosi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

Foto: KUN.UZ

MIB Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor X.F.dan undiruvchi A.S. foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati kelib tushgan. 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning ixtiyoriy tarzda aliment pullarini farzandi voyaga yetgunga qadar to‘lashini ma'lum qilgan. Voyaga yetmagan farzandi uchun 18 yoshga qadar bo‘lgan aliment summasi hisoblab chiqilganda, alimentchi ota 300 mln so‘mdan ortiq to‘lab berishi ma'lum bo‘ldi.

O‘z farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan otadan voyaga yetmagan farzandi uchun A.S. foydasiga 32 000 AQSh dollari miqdorida aliment pullari to‘liq undirildi va undiruvchining tilxati asosida ijro hujjati amalda tamomlandi.

Top