10:09 / 18.11.2021
4219

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik forumida 9 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi

Joriy yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida Moskva shahrida bevosita va onlayn shaklda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi o‘tkazildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tadbir doirasida alohida mavzularda sessiyalar tashkil etilib, ularda ikki mamlakat hududlari o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport aloqalarini kengaytirish hamda turizmni rivojlantirishga oid muhim mavzular ko‘tarildi.

Shuningdek, tadbir davomida Rossiya va O‘zbekiston hududiy ma'muriyatlari rahbarlari o‘rtasida bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi hamda aniq loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

Forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida umumiy qiymati 9 mlrd dollarga teng 600ta ikki tomonlama bitim, jumladan, 7,4 mlrd dollarlik 141ta investitsiyaviy loyiha va 1,6 mlrd dollarlik 455ta eksport shartnomasi imzolandi. 

Foto: Investitsiyalar  va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma loyiha ofisi investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini to‘liq kuzatib boradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari ma'muriyatlari istiqbolli tarmoqlarda 75ta yangi investitsiya loyihasi ustida ish boshlashi ma'lum qilindi.

Top