15:11 / 18.11.2021
3092
O‘zbekistonga Belarus mudofaa vaziri boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi
Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

18 noyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Belarus mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilingan va istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zbekiston va Belarus mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan qator tadbirlarni o‘z ichiga olgan bitim imzolandi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Shuningdek, delegatsiya a'zolari «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasidagi «Matonat madhiyasi» majmuasi poyiga gulchambar qo‘ydi va «Shon-sharaf» muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Belaruslik harbiylar tashrif davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi «Chimyon» tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga borishi va Buxoro viloyatiga safari rejalashtirilgan.

Top