07:53 / 19.11.2021
5245

Sertifikatlash lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati qisqardi

Vazirlar Mahkamasining 683-son qarori qabul qilindi, u bilan prezidentning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek prezidentning “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ayrim NHHlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash obektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida 3-ilovaning nomiga o‘zgartirish kiritilmoqda - “Sanitariya-epidemiologik xulosa majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati”. Mazkur ro‘yxat endi faqat 22 ta banddan iborat oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z ichiga oladi.

4-ilova “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar” mahsulotlarning 82 ta turidan iborat ro‘yxatni (ilgari mahsulotlarning 102 ta turi) o‘z ichiga oladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiyligi quyidagi mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash uchun ariza olingan paytda O‘zbekistonda ushbu mahsulotning muvofiqligini baholash uchun faoliyat yuritayotgan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi bo‘lmagan taqdirda;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda - xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatida o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan O‘zbekiston hududida sotish uchun mo‘ljallanmagan import qilinadigan mahsulotlar;
  • bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kiriladigan mahsulotlar. Bunda, davlat bojxona organlariga (shu jumladan, uchinchi shaxslar tomonidan) tadbirkorlik sub'yekti tomonidan tovarlar o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarurligi to‘g‘risida kafolat xati taqdim etilishi sharti bilan muvofiqlikni tasdiqlash talab etilmaydi;
  • ilgari foydalanishda (iste'molda) bo‘lgan mahsulotlar, ov va sport qurolidan tashqari;
  • ko‘rgazmalar, yarmarkalar uchun namunalar, eksponatlar va reklama materiallari sifatida import qilingan mahsulotlar;
  • muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sinov va taqdimot uchun, shuningdek, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini o‘tkazish uchun namuna sifatida olib kiriladigan mahsulotlar va boshqalar.
Top