08:18 / 20.11.2021
26509
Novosibirskda xitoylik migrantlarga hujum qilgan 6 nafar o‘zbekistonlik qamaldi

Novosibirskda O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi Xitoy fuqarolariga hujum sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ulardan biri qotillikda ham ayblandi.

Foto: Rossiya tergov qo‘mitasi

Novosibirsk sudi Novosibirsk oblastidagi issiqxona majmuasida ishlagan xitoyliklarga hujum qilgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhga hukm chiqardi

Ulardan 5 nafari 8 yildan 10 yilgacha muddatga koloniyaga jo‘natildi, qotillikda aybdor deb topilgan yana bir migrant 16 yilini tikanli sim ortida o‘tkazadi. 

Rossiya Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jinoiy guruh 2019 yil yozida issiqxona majmuasi hududida Xitoy fuqarolariga kamida ikki marta hujum qilgan. Ular o‘z qurbonlarini kaltaklashgan va narsalarini o‘marib ketishgan, hujum paytida xitoyliklardan biri o‘ldirilgan. Hujumlar natijasida yetkazilgan jami zarar 1,7 million rubl (23 ming dollar)ga baholanmoqda. 

Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan, deyiladi mahkama taqdim etgan ma'lumotda.

Top