11:53 / 22.11.2021
7395
EVOS'dan 60ta smartfon

Aziz do‘stlar!

Sizga xushxabar yetkazishdan mamnunmiz! Yangiyo‘l shahrida EVOS tezda xizmat ko‘rsatish restoranlarining yangi filiali ochildi, bu tarmoqning butun O‘zbekiston bo‘ylab tantanali ravishda ochilgan 60-restoraniga aylandi!

EVOS ushbu quvonchli voqeani barcha mehmonlar bilan o‘rtoqlashish uchun “EVOS’dan 60 ta smartfon” maxsus bayram aksiyasini o‘tkazmoqda!

Aksiyada ishtirok etish shartlari juda oddiy: 2021 yil 20 noyabrdan 20 dekabrgacha bo‘lgan davrda 60 000 so‘mga sevimli EVOS mahsulotlarini xarid qiling (shu jumladan, EVOS tarmog‘ining butun O‘zbekiston bo‘ylab 60 ta filialining har birida restorandagi buyurtmalar, o‘zi bilan olib ketish va yetkazib berish) promo.evos.uz saytida qisqa ro‘yxatdan o‘ting (o‘ziga xos chek raqami, ism va bog‘lanish telefoni). Bitta chek faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin, lekin bir kishi ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan cheklar soni cheklanmagan! Cheklar qancha ko‘p bo‘lsa — g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha ko‘proq!

60 ta smartfon 2021 yil 24 dekabr kuni o‘ynaladi, g‘oliblar randomayzer yordamida tasodifiy tartibda aniqlanadi. O‘zingiz aksiya ishtirokchisi bo‘ling va bu haqda do‘stlaringizga ham aytishni unutmang!

15 yil davomida biz bilan birga bo‘lgan mehmonlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Siz o‘sishimizga, rivojlanishimizga va yanada yaxshiroq bo‘lishimizga yordam beryapsiz!

Aytgancha, yaxshi xushxabarni ma'lum qilamiz – EVOS tarmog‘ining barcha 60 ta filialida har bir mehmonni yoqimli syurpriz kutadi – restoranda yoki o‘zi bilan olib ketishga berilgan har bir buyurtma uchun mehmonimiz limonli qaynoq va xushbo‘y choy bilan bepul siylanadi! Choyga marhamat va EVOS’da isinib oling!

Foto: EVOS

Sizlarni 60 ta EVOS filiallarining har birida kutib qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top