07:29 / 22.11.2021
24383
O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma'lum qilindi

O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Foto: Dreamstime

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Rossiyadan 4,2 mlrd dollarlik, Xitoydan esa 4,0 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 2,2 mlrd;
  • Koreya – 1,5 mlrd;
  • Turkiya – 1,3 mlrd;
  • Germaniya – 571,5 mln;
  • Turkmaniston – 404,1 mln;
  • Hindiston – 371,9 mln;
  • Ukraina – 364,2 mln;
  • Litva – 342,1 mln dollar.

Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 12,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar quyidagicha: 

  • Xitoy – 2,1 mlrd;
  • Rossiya – 1,7 mlrd;
  • Turkiya – 1,4 mlrd;
  • Qozog‘iston – 952,4 mln;
  • Qirg‘iziston – 643,4 mln;
  • Afg‘oniston – 521,6 mln;
  • Tojikiston – 394,8 mln;
  • Ukraina – 172,4 mln;
  • Kanada – 171,5 mln;
  • Turkmaniston – 151,5 mln dollar.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top