Durov shuningdek, Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.
Rossiyalik biznesmen, «VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqaroligini oldi, deb xabar bermoqda «Kommersant'».
Xabarda aytilishicha, uning ism-sharifi 2021 yil 23 avgustdagi farmonda qayd etilgan.
Pavel Durov hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.
Durov shuningdek, Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.
Forbes nashriga ko‘ra, Pavel Durovning boyligi 17,2 mlrd dollarga yetgan.