19:24 / 22.11.2021
4220

Pfizer va BioNTech bolalar uchun vaksinasi yuz foiz samarali ekanini ma'lum qildi

Ma'lumot berilishicha, klinik sinovlarning uchinchi bosqichida 2,2 mingdan ortiq bola qatnashgan. 

Foto: Marcelo Hernandez / Getty Images

Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqqan COVID-19ga qarshi vaksinasi 12-15 yoshli bolalarni himoya qilish uchun 100 foiz samarali ekanini tasdiqladi.

Kompaniyalar mart oxirida mazkur vaksina samaradorligi 100 foizni tashkil etishini bildirgandi.

Ma'lumot berilishicha, klinik sinovlarning uchinchi bosqichida 2,2 mingdan ortiq bola qatnashgan.

Qayd etilishicha, kompaniyalar 12 yoshdan katta bolalarni emlashni kengaytirish maqsadida tadqiqotlar natijalarini AQSh va boshqa mamlakatlardagi regulyatorlarga taqdim etadi.

Kompaniyalar bayonotiga ko‘ra, hozirda AQShda ushbu yosh guruhi uchun vaksinani favqulodda holatlarda qo‘llashga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid
Top