16:05 / 22.11.2021
741
Shumanayda qalbaki alkogol mahsulotlarini sotayotganlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti

Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan “Nukus vino zavodi” AJning murojaatiga asosan tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda YaTT A.R. savdo do‘koni omborxonasida fuqaro B.M.ga qalbaki aksiz markalar bilan markalangan, sig‘imi 0,5 litr bo‘lgan 119 dona “Qaratao‘” nomli alkogol mahsulotlarini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi “A.T.” MChJga qarashli savdo do‘koni omborxonasida X.B.ga qalbaki aksiz markalar bilan markalangan jami 36 dona “Qaratao‘”, “Qaratao‘ Eksklyuziv” va “Qaratao‘ Zolotoy” nomli alkogol mahsulotlarini 1,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Voqea joyidan sotish maqsadida saqlab kelingan turli hajmdagi yana 36 dona “Qaratao‘” nomli alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Nukusda qo‘lbola usulda «Qaratau» tayyorlab sotayotgan shaxs qo‘lga olingandi.

Top