08:22 / 23.11.2021
4318

6 oyda pullik shartnoma asosida sud eksperti bo‘lish mumkin

Hukumat qarori bilan cud ekspertizaci sohasida dual ta'lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizomga muvofiq dual ta'lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud ekspertizasining muayyan turida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.

Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2 marta, oktabr va fevral oylarida bo‘ladi.

Sud ekspertizasi tashkilotlari kurs tashkil etilishi to‘g‘risida 3 oy oldin e'lon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat bo‘ladi.

Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha baholanadi. Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekistonda ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi institut tashkil etilgandi.

Mavzuga oid
Top