21:14 / 23.11.2021
10658
Filippinda dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

Fransiska Susano 14 nafar farzand ko‘rgan va bir umr fermada ishlagan.

Foto: AP

Filippinda dunyodagi eng keksa ayol Fransiska Susano vafot etdi. U 1897 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 124 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda CNN Philippines.

U koronavirus oqibatida vafot etgani aytilmoqda.

Sentyabrda Ginnesning rekordlar kitobi vakillari uni dunyodagi eng keksa ayol deb rasman e'lon qilish uchun hujjatlarni o‘rganishni boshlagandi.

Susano 14 nafar farzand ko‘rgan va bir umr fermada ishlagan.

Top