10:10 / 23.11.2021
5533
O‘zbekiston Rossiyaning 5ta aviakompaniyasiga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma berdi

O‘zbekiston Rossiyaning beshta aviakompaniyasiga mamlakat aeroportlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

2021/2022 qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘nalishlar quyidagicha:

"Aeroflot" aviakompaniyasi

Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida haftasiga 4 marotaba. 

"S7 Airlines" aviakompaniyasi 

  • Moskva – Samarqand – Moskva 
  • Moskva – Buxoro – Moskva 
  • Moskva – Urganch – Moskva 
  • Irkutsk – Farg‘ona – Irkutsk 
  • Novosibirsk – Buxoro – Novosibirsk 
  • Novosibirsk – Namangan – Novosibirsk
  • Novosibirsk – Farg‘ona – Novosibirsk yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Ural Airlines" aviakompaniyasi

  • Moskva – Namangan – Moskva
  • Moskva – Samarqand – Moskva
  • Sankt-Peterburg – Urganch – Sankt-Peterburg
  • Sankt-Peterburg – Farg‘ona – Sankt-Peterburg 
  • Yekaterinburg – Namangan – Yekaterinburg
  • Yekaterinburg – Samarqand – Yekaterinburg
  • Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Red Wings" aviakompaniyasi 

  • Moskva – Farg‘ona – Moskva 
  • Moskva – Samarqand – Moskva 
  • Moskva – Buxoro – Moskva 
  • Qozon – Buxoro – Qozon yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Smartavia" aviakompaniyasi

  • Sankt-Peterburg – Namangan – Sankt-Peterburg 
  • Sankt-Peterburg – Buxoro – Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida haftasiga 1 ta reys.
Top