16:07 / 23.11.2021
4748

Trampning sobiq yordamchisi ozodlikka chiqdi

Maykl Koen saylov kampaniyasini moliyalashtirishdagi qonunbuzarliklari va boshqa jinoyatlari uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Foto: Reuters

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning sobiq shaxsiy advokati va yordamchisi Maykl Koen ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Reuters.

55 yoshli Koen saylov kampaniyasini moliyalashtirishdagi qonunbuzarliklari va boshqa jinoyatlari uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Koen 2018 yil dekabrda saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlik, soliqlarni to‘lamaslik va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdorligiga iqror bo‘lgandi.

COVID-19 pandemiyasi sababli Koen bir yildan ortiqroq federal qamoqxonada o‘tirdi. Qolgan muddatni esa o‘z xonadonida o‘tadi.

Mavzuga oid
Top