12:00 / 24.11.2021
9923
«Chirchik Village» kottej shaharchasi - siz hamisha qaytishni xohlaydigan manzil!

«Aparto» riyeltorlik agentligi kompaniyasi yangi loyiha – «Chirchik Village» kottej shaharchasi haqida e'lon qiladi!

Foto: Chirchik Village

«Chirchik Village» — Chirchiq shahrining so‘lim hududi «Arancha» tepaligida joylashgan tog‘ manzarasidan iborat kottej shaharchasi. Bu yerda 9400 m² maydonda barcha qulayliklarga ega 20 ta kottej quriladi. Shaharchada nafaqat mavsumiy dam olish, balki shahar shovqinidan uzoqda doimiy yashash ham mumkin.

Foto: Chirchik Village

Kottejlar haqida

Foto: Chirchik Village

Har bir kottejda 2 qavatli basseyn, yozgi oshxona, fin saunasi, terassa va 2 ta mashina uchun yopiq avtoturargoh mavjud.

Foto: Chirchik Village

Kottej hududida bolalar va sport maydonchalari ham bo‘ladi. Siz va bolalaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun esa videokuzatuv kameralari va qo‘riqlash xizmati kecha-yu kunduz ishlab turadi. «Chirchik Village» hududiga kirish uchun faqat uning rezidentlariga ruxsat beriladi.

Foto: Chirchik Village

«Chirchik Village» kottejlari qurilishi uchun eng sifatli g‘isht va betondan foydalaniladi. Uy fasadi har qanday ob-havo sharoitiga bardosh bera oladigan suyuq travertin bilan qoplanadi.

Foto: Chirchik Village

Hudud haqida

«Chirchik Village»ning o‘ziga xos xususiyati uning hududidan Chirchiq daryosiga bemalol piyoda borish mumkin. Hudud manzarasi tog‘ peyzajini his qilishga yordam beradi, uzoqdagi kichik uychalar esa ufqni bezab turadi va o‘ziga xos iliqlik va qulaylik baxsh etadi. Toza havo va yashillikning ko‘pligi zamonaviy kottej shaharchasini yanada jozibador qiladi.

Foto: Chirchik Village

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, 2022-2023 yillarda Chirchiq shahri hududida shaharsozlikni rivojlantirish amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu esa keyinchalik Chirchiq poytaxt Toshkentning davomiga aylanishi mumkinligini anglatadi. Investorlarda «Chirchik Village» ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritish va o‘z investitsiyalarini foydali tarzda oqlash, tadbirkorlarda esa doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish imkoni bor.

Shuning uchun savdolar boshlanishi bilanoq kottejlarni qulay shartlar va jozibador narxlarda sotib olishga vaqt toping.

Quruvchi: «Inno Homes» qurilish kompaniyasi.

«Chirchik Village» kottej shaharchasi haqida istalgan ma'lumotni +998712039393 raqami orqali olishingiz mumkin.

Bizning bosh ofisimiz: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi 19-uy.

Mo‘ljal: «Sim-Sim» restorani.

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan ishlashni boshlaydi.

Sayt: chvillage.uz

Instagram: @aparto

Facebook: @apartouz

Telegram: @aparto2

Reklama huquqi asosida

Top