20:00 / 24.11.2021
3852

“O‘zbekneftgaz” AJ o‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish loyihasiga AQShning “BCG” konsalting kompaniyasini jalb etdi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish loyihasi doirasida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) ga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. 

Foto: O‘zbekneftgaz

Shu bilan birga, bugungi kunda kompaniya turli biznes segmentlarida bir qator chaqiriqlarga duch kelmoqda:

  • Respublikada neft mahsulotlariga talabning ortib borishi;
  • ESG kun tartibidan kelib chiqqan holda yuzaga keladigan chaqiriqlar;
  • Gaz sanoati sohasida e'lon qilingan islohotlar va boshqalar.

Transformatsiya salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish va amalga oshirish uchun “BCG” konsalting kompaniyasi bilan birgalikda “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish” loyihasiga start berilgan.

2021 yil 17 noyabr kuni konsalting kompaniyasi vakillari bilan Loyiha doirasida dastlabki uchrashuv (kick-off meeting) o‘tkazildi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Uchrashuv davomida kompaniya biznes jarayonlari haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi, BCG'ning asosiy segmentlar bo‘yicha dastlabki kuzatishlari va xulosalari taqdim etildi, shuningdek, kompaniyaning o‘sish va rivojlanish uchun potensial imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida Loyihaning mazmuni va maqsadlari, umumiy reja va ish hajmi, “O‘zbekneftgaz” AJ va BCG tomonidan Loyiha jamoasi kelishib olindi.

Loyihaning asosiy maqsadi qazib olish va geologiya qidiruv, neftni qayta ishlash va gaz kimyosi, marketing va sotish sohalarida o‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • “O‘zbekneftgaz” AJ strategiyasini tarmoqdagi o‘zgarishlarga moslashtirish (shu jumladan, gaz sanoati modeli, ESG, tartibga solish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar);
  • Strategiyani amalga oshirish natijalari va kompaniyaning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyati;
  • Uzoq muddatda raqobatbardoshlikni ta'minlay oladigan samarali operatsion modelni yaratish;
  • Kompaniyaning moliyaviy va operatsion samaradorligini oshirish;
  • Investitsiya dasturlari samaradorligini baholash va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;
Foto: O‘zbekneftgaz

Loyihaning birinchi bosqichida segmentlar bo‘yicha faoliyatni diagnostika qilish, har bir segmentni o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini aniqlashtirish, shuningdek, rivojlanish strategiyasi loyihasini rasmiylashtirish va kelishish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Keyingi bosqichlarda operatsion modelning maqsadlari shakllantiriladi, portfeldagi loyihalarni amalga oshirish va asosiy parametrlarini optimallashtirish strategiyasi aniqlanadi, barqaror rivojlanish siyosati ishlab chiqiladi.

Loyiha, umuman olganda, kompaniyaning tashkiliy modeli va investitsion samaradorligini oshirish dasturini shakllantirishga, moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashga hamda yangi chaqiriqlarga yechimlar taklif qilishga qaratilgan.

Uchrashuv natijasida, tomonlar kelgusidagi harakatlarni kelishib olishdi, turli yo‘nalishlar (kon va geologiya-qidiruv, neftni qayta ishlash va gaz kimyosi) bo‘yicha mas'ul mansabdor shaxslar belgilandi, shuningdek, samarali o‘zaro hamkorlik va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida BCG jamoasini Transformatsiya departamenti ofisida joylashtirish yuzasidan qaror qabul qilindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top