09:00 / 24.11.2021
12560
Samsung kompaniyasining Toshkentdagi ilk rasmiy do‘koni ochildi

Shu yilning 21 noyabr kuni Toshkent shahrida Samsung kompaniyasining poytaxtimizdagi ilk rasmiy do‘koni ochildi.

Foto: Samsung

Samsumg rasmiy do‘konining ochilishi ulkan shou-bayramga aylanib ketdi.

Foto: Samsung

Bolajonlar uchun maxsus tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar kompaniya tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Foto: Samsung

Ochilish marosimiga yig‘ilgan yoshlar o‘rtasida ham turli tanlovlar o‘tkazildi. Zukkolik, san'at va raqsda o‘z iqtidorlarini namoyon qilgan yoshlarga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Smart Tag, Galaxy Watch, Galaxy Tab A8, Buds Live, Galaxy Watch Active2 kabi gadjetlar sovg‘a sifatida topshirildi.

Foto: Samsung

Quvnoq shoudan so‘ng tadbirning tantanali qismi bo‘lib o‘tdi. Radius do‘konlari tarmog‘i direktori E'zoz Haydarov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga rasmiy do‘kon haqida batafsil ma'lumot berdi. So‘ngra tasmalar qirqilib, Samsung rasmiy do‘koni o‘z eshiklarini ochdi va mehmonlar do‘konga taklif qilindi.

Foto: Samsung

Do‘konda yig‘ilganlar e'tiboriga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalarning keng assortimenti taqdim etildi.

Foto: Samsung

Endi poytaxt ahli va mehmonlari Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalarni birinchi qo‘ldan, hamyonbop narxlarda va rasmiy kafolatga ega bo‘lgan holda xarid qilishlari mumkin.

Foto: Samsung

Do‘kon «Samarqand Darvoza» savdo-ko‘ngilochar majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan bo‘lib, do‘konda smartfonlar, planshetlar, quloqchinlar, so‘nggi modeldagi aqlli soatlar sotiladi. Gadjetlarni naqd va naqdsiz ko‘rinishda, shuningdek, muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin.

Foto: Samsung

Shuningdek, 2021 yil 21 noyabrdan 12 dekabrgacha o‘tadigan aksiya doirasida ushbu do‘kondan S21 i Z seriyasidagi flagmanlar xarid qilinganda, Galaxy Watch Active2 smart soatlari sovg‘a sifatida beriladi.

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top