03:34 / 24.11.2021
10987

YeChL. «Chelsi» «Yuventus»ni tor-mor etib pley-offga yo‘l oldi

Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida 4ta guruhda 5-tur o‘yinlari yakunlandi.

Ye guruhida «Barselona» (7) o‘z uyida «Benfika»ni (5) mag‘lub etolmay, pley-offga chiqish masalasini qiyinlashtirib yubordi. «Bavariya» (15) Kiyevda «Dinamo»dan (1) ustun keldi. 2-o‘rin «Barsa» yoki «Benfika»dan biriga nasib etadi. Kataloniya klubi 6-turda Myunxenda mehmon bo‘lsa, Portugaliya jamoasi «Dinamo»ni qabul qiladi.

F guruhida «MYu» (10) safarda «Vilyarreal»ni (7) yengib, 1-o‘rin bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. «Atalanta» (6) «Yang Boyz» (4) bilan jangovar durang qayd etdi. Bergamo klubi so‘nggi turda «Vilyarreal» bilan bahsda pley-off yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

G guruhida «Lill» (8) o‘z uyida «Zalsburg»ni (7), «Sevilya» (6) «Volfsburg»ni (5) mag‘lub etdi. So‘nggi tur oldidan barcha jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

N guruhida «Chelsi» (12) «Yuventus»ni (12) tor-mor etib, pley-offga chiqdi va shu bilan birga 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Zenit» (4) esa Shvetsiyada «Malmyo» (1) bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qolib, Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.

YeChL. 5-tur. 23 noyabr

Ye guruhi
Barselona — Benfika 0:0

Barselona – ter Stegen, Pike, Langle (Dest, 86), Arauxo (Garsiya, 87), Alba, Buskets, de Yong, Niko, Gavi, Demir (Dembele, 66), Depay.
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Almeyda, Grimaldo (Seferovich, 81), Mariu (Taarabt, 59), R.Silva (Lazaro, 70), Vaygl, Seferovich, Yaremchuk (Nunes, 59), Everton (Pitssi, 70).

Dinamo K — Bavariya 1:2
Gollar:
Garmash (70) — Levandovski (14), Koman (42).
Dinamo K – Bushchan, Kendzera (Karavayev, 76), Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Sidorchuk, Buyalskiy, de Pena (Garmash, 46), Tsigankov, Shaparenko, Shkurin (Vitino, 46).
Bavariya – Noyyer, Pavar, Ernandes (Sarr, 46), Nyanzu (Tillman, 85), Devis, Richards, Goretska, Tolisso, Myuller, Levandovski, Koman (Roka, 67), Sane (Richards, 88).

F guruhi
Vilyarreal — MYu 0:2
Gollar:
Ronaldu (78), Sancho (90).
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Torres, Estupinyan (Raba, 79), Pino (Chukvueze, 73), M.Gomes, Kapu, Parexo, Dia, Trigeros (A.Moreno, 73), Danjuma. Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Telles, Fred, van de Bek (Fernandesh, 66), Mayetominey, Sancho (Mata, 90+3), Ronaldu (Matich, 90+2), Marsyal (Reshford, 66).

Yang Boyz — Atalanta 3:3
Gollar:
Sebatsho (39), Serro (80), Hefti (84) — Sapata (10), Palomino (51), Muriel (88).
Yang Boyz – Fevr, Hefti, Byurgi, Lauper, Garsiya, Martins Pereyra, Ebisher, Rider (Serro, 67), Ngamale, Sebatsho (Aka, 88), Elia (Mambimbi, 67).
Atalanta – Musso, Dzappakosta (Petssella, 46), Palomino, Toloi, Demiral (Gimshiti, 71), Mele (Muriel, 88), de Ron, Froyler (Pessina, 78), Pashalich (Kopmeyners, 71), Malinovskiy, Sapata.

G guruhi
Lill — Zalsburg 1:0
Gol:
Devid (31).
Lill – Grbich, Chelik, Fonte, Jalo, Reynildu, Sheka, Sanshesh, Vea (Yaziji, 84), Yilmaz (Onana, 70), Devid (Lihaji, 90+3), Bamba.
Zalsburg – Ken, Kristensen, Ongene, Veber, Ulmer, Suchich (Kapaldo, 59), Zayvald (Bernardo, 85), Kamara, Aaronson (Kergaard, 85), Adeyyemi, Sheshko (Adamu, 59).

Sevilya — Volfsburg 2:0
Gollar:
Xordan (13), Mir (90+7).
Sevilya – Bunu, Montel, Karlos (Augustinsson, 90+4), Kunde, Akunya, Rakitich (Rekik, 90+4), Fernando, Xordan (Dileyni, 82), Gomes (Torres, 80), Okampos, Munir (Mir, 80).
Volfsburg – Pervan, Gilavogi, Bruks (Ginchek, 88), Lakrua, Russiyon (Otavio, 75), Baku (Mbabu, 75), Arnold, Gerhardt (Filipp, 65), Vranks (Lukebakio, 75), Vegorst, Nmecha.

N guruhi
Chelsi — Yuventus 4:0
Gollar:
Chaloba (25), Jyeyms (56), Hadson-Odoi (58), Verner (90+5).
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Silva, Ryudiger, Chaloba, Chiluell (Aspilikueta, 71), Saul, Maunt, Jorjino (Saul, 76), Kante (Loftus-Chik, 37), Ziyosh, Pulishich (Verner, 72), Hadson-Odoi (Maunt, 76).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Sandro, Makkenni, Rabo, Lokatelli (Artur, 67), Bentankur (Dibala, 59), Kuadrado (de Vinter, 80), Morata (Ken, 67), Keza (Kulusevski, 80).

Malmyo — Zenit 1:1
Gollar:
Riyeks (12) — Rakitskiy (90+1).
Amalga oshirilmagan penalti: Dzyuba (52).
Malmyo – Dalin, Larsson, Moysander, Brursson, Ahmedhojich, Penya (Rakip, 78), Riks, Birmanchevich (Olsson, 69), Levitski, Innosent, Cholak.
Zenit – Kerjakov, Karavayev, Lovren (Yeroxin, 46), Rakitskiy, Chistyakov, Duglas Santos, Barrios, Vendel, Dzyuba, Malkom (Krugovoy, 90+4), Klaudino (Mostovoy, 46).
Chetlatish: Chistyakov (86).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top