10:53 / 25.11.2021
11829
Kontrakt bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlar uchun to‘lovni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

“To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini bir oliy ta'lim muassasasidan boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirayotgan talabalar uchun kontrakt  to‘lovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish bo‘yicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va to‘lov muddati uzaytirilishi kutilmoqda”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, bunda ko‘pchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlari inobatga olingan.

Davlat komissiyasining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan respublikadagi davlat oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yilning 20 noyabr sanasi etib belgilangandi.

Top