17:00 / 25.11.2021
9537
Magic Friday’ga oz qoldi: O‘zbekistondan turib, AQSh do‘konlarida xarid qiling!

Magic Friday haqida eshitganmisiz? Bu Amerikada har yili Yangi yil kirib kelishidan avval o‘tkaziluvchi yilning eng katta chegirmali savdo kuni hisoblanadi. Shu kunni minglab odamlar orziqib kutishadi, odamlar taniqli brend do‘konlari, katta savdo majmualari eshigi oldida hali Juma kirib kelmasdanoq to‘planib olishadi. Amerikaliklar ushbu kunda onlayn shoping orqali bir daqiqaning o‘zidayoq 6 million dollar sarflashadi. Bir so‘z bilan aytganda Magic Friday - bu shopogoliklar uchun eng sevimli bayramdir.

Foto: Globbing

Yanada qulay, oson va hamyonbop!

Magic Friday chegirmalarini faqat chet eldagilar sotib olishi mumkin, deb o‘ylayapsizmi? Endi siz ham O‘zbekistonda turib ham jahonning eng mashhur, taniqli brendlari, so‘nggi urfdagi liboslar to‘plami, kundalik hayotda kerak bo‘ladigan aksessuarlarni onlayn xarid qilishingiz mumkin.

Onlayn xaridni bir necha afzalliklarini sanab o‘tamiz:

1. Qulay. Siz qayerda bo‘lishingizdan va nima bilan bandligingizdan qat'i nazar kerakli mahsulotlarni sotib olishingiz mumkin.

2. Foydali. Endi zarur kiyim-kechaklarni xarid qilish uchun vaqtingizni sarflab, navbat kutib, do‘konma-do‘kon aylanishga hojat yo‘q. Onlayn xarid qimmatli vaqtingiz va asablaringizni asraydi.

3. Keng taklif. Ba'zan do‘konda topa olmagan narsalarni onlayn do‘konlar orqali tez va oson topish mumkin. Tasavvur qiling: barcha sevimli brendlaringiz - bitta platformada! Ajoyib! 

O‘zbekistonda o‘z ishini boshlagan Globbing yordamida mijozlar istalgan narsani - hamyonbop mahsulotlardan tortib eng yaxshi brendlarning tovarlarini xarid qilishi mumkin. Bizda hattoki, O‘zbekistonda topish imkoni bo‘lmagan narsalarni ham sotib olasiz. Eng muhimi, tezkor yetkazib berish xizmati mavjud.

Siz endilikda uyda o‘tirgan holda Globbing bilan sevimli brendlaringizni maxsus chegirmalarini kuzatib borasiz, AQShdagi eng ommabop do‘konlarda "virtual" shoping qila olasiz. Buyurtmangiz esa tez orada qo‘lingizda bo‘ladi.

Magic Friday O‘zbekistonda!

Noyabr oyining so‘nggi Jumasi (26 noyabr)da mijozlarni ajoyib yangilik kutmoqda:"Mo‘jizaviy Juma" ya'ni Magic Friday. Bu kunda siz eng yaxshi, eng sifatli mahsulotlarni 90 foizgacha chegirma narxida sotib olishingiz mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Globbing bilan AQShda onlayn shoping qiling, O‘zbekistonda esa kutib oling!

Sayt: uz.globbing.com/ru

Instagram: instagram.com/globbinguzbekistan

Feysbuk: fb.com/globbinguzbekistan

O‘rgatuvchi havola: edu.globbing.uz/magic-friday

Reklama huquqi asosida

Top