19:25 / 25.11.2021
1107
Oltiariq tumani hokimligi binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumani hokimligi binosida yong‘in chiqqanligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Foto: Oltiariq tumani hokimligi

Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 24 noyabr kuni soat 11 lar chamasida tuman hokimligi binosining uchinchi qavatida joylashgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi faoliyat olib borayotgan xonada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida binodagi 10 kvadrat maydonga zarar yetgan bo‘lib, yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan. 

Yong‘indan jarohat olgan va jabrlanganlar aniqlanmagan. Yong‘in sodir bo‘lgan xonada ish faoliyati qayta tiklangan. Fuqarolar, ommaviy axborot vositalari va blogerlardan ushbu voqeaga xolis yondashib, turli noto‘g‘ri ma'lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz - deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.

Avvalroq tuman  hududida “Lacetti” va “Nexia 3” ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, buning oqibatida “Nexia 3” haydovchisi avtomobilda yong‘in kelib chiqqani sabab vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Top