08:37 / 25.11.2021
4243
O‘zbekistonda salkam 890 ming dollarlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Joriy yilning o‘tgan davrida 107 mingta aholi xonadonining 1 oylik iste'moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazib borilmoqda.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida ayrim “tadbirkorlik sub'yektlari” tomonidan 9 mlrd 504 mln so‘m (882,185 ming dollar) miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 107 ming aholi iste'molchining 1 oylik iste'molini tashkil qiladi.

O‘tkazilgan tekshirish hujjatlari qonun doirasida chora ko‘rilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

Ma'lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Top