19:31 / 26.11.2021
1455

Urgutda noqonuniy tarzda sotish uchun 175 ming dona pirotexnika vositasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Urgut tumanida noqonuniy tarzda 175 ming dona pirotexnika vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 25 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Urgut tumani “Torinjak” MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida pirotexnika vositalarini sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelayotgan 25 yoshli fuqaro aniqlangan.

Qayd etilishicha, qonunbuzar fuqarodan jami 175 ming dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Top