09:03 / 26.11.2021
8270

Xitoydan Toshkentga Sichuan choyi ortilgan maxsus poyezd yo‘lga chiqdi

Joriy yilning 22 noyabr kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasi, Chengdu xalqaro temiryo‘l portidan 4,1 million dollarlik 1300 tonna Sichuan choyi barglari ortilgan maxsus poyezd O‘zbekistonga yo‘l oldi, deb xabar berdi «Jenmin jibao».

Foto: Jenmin jibao

Gazetaning yozishicha, bu joriy yilda Markaziy Osiyoga jo‘nab ketgan hamda Sichuan choyi ortilgan ikkinchi maxsus poyezddir. 

«Olib ketilayotgan yuklar orasida 15ta konteyner Maofeng Sichuan choyi ham bor bo‘lib, u Markaziy Osiyo bozoriga birinchi marta yetkazilmoqda, — deb yozadi gazeta. – Ushbu turdagi choy Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vazirligi tomonidan e'tirof etilgan, qishloq xo‘jaligi xalqaro savdosini yuqori sifatli rivojlantirishning milliy asoslaridan biri bo‘lgan «Jiajiang» yashil choyi asosida ishlab chiqariladi». 

O‘tgan yilning oktabr oyida Xebey Gaoi – Xorgos – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha dori-darmonlar, velosipedlar, avtomobil ehtiyot qismlari, sanoat uskunalari uchun ehtiyot qismlar va boshqa yuklar ortilgan 50 vagondan iborat birinchi muntazam xalqaro yuk poyezdi yo‘lga chiqqandi. 

Mavzuga oid
Top