16:49 / 27.11.2021
3563

BAA aholisining 90 foizi COVID-19ga qarshi to‘liq emlandi

BAA sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, dunyodagi hech bir mamlakat bunday yuqori ko‘rsatkichga erishmagan.

Foto: Ali Haider / EPA / TASS

BAAning barcha aholisi COVID-19ga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlandi.

Mamlakat hukumatining ma'lumot berishicha, aholining 90 foizi vaksinaning ikkala dozasini ham olgan va koronavirus infeksiyasidan himoyalangan.

BAA sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, dunyodagi hech bir mamlakat bunday yuqori ko‘rsatkichga erishmagan.

BAA aholisi 10 mln kishi bo‘lib, ularning aksariyati xorijlik ishchilar hisoblanadi. Mamlakatda 3 yoshdan oshganlarga vaksinatsiyaga ruxsat berilgan.

Top