08:32 / 27.11.2021
8745
Koronavirusning yangi shtammi “Omikron” deb nomlandi

Qayd etilishicha, mazkur shtammda “ko‘plab mutatsiyalar bo‘lib, ularning ayrimlari xavotirga soladi”. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning JARda aniqlangan yangi shtammini grek alifbosining 15-harfi bilan “Omikron” deb nom berdi.

“JSST B.1.1.529 shtammini “xavotir uyg‘otuvchi variant” deb topdi, u “Omikron” deb nomlandi”, — deyiladi tashkilot xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur shtammda “ko‘plab mutatsiyalar bo‘lib, ularning ayrimlari xavotirga soladi”. 

JSST ma'lumotiga ko‘ra, B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.

Koronavirusning yangi B.1.1.529 varianti Janubiy Afrika, Botsvana, Isroil, Hongkong va Belgiyada aniqlangan.

Yangi variant 32ta mutatsiyaga ega. Virusologlarning qayd etishicha, virus mutatsiyalarining ko‘pligi juda jiddiy muammo.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top