19:15 / 27.11.2021
6773

NATO bosh kotibi Rossiya Ukraina bilan chegaraga minglab askarlarini joylashtirganini aytdi

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO kelgusida ham Ukrainaga «tajovuzga qarshi turishi uchun siyosiy va amaliy ko‘mak berishga tayyor».

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina chegarasiga Rossiya qo‘shinlarining joylashtirilishi «shunchaki po‘pisa» emasligini aytdi, deb yozadi Welt nashri.

«Bu yil ikkinchi marta Rossiya Ukraina bilan chegaraga minglab qo‘shinlarini olib kelganini kuzatyapmiz. Rossiyaning maqsadini bilmayman. Ammo Rossiya avval ham o‘z qo‘shnilariga nisbatan kuch ishlatganini ko‘rganmiz. Shu bois bu shunchaki po‘pisa deb o‘ylamaslik kerak», — dedi u.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATO kelgusida ham Ukrainaga «tajovuzga qarshi turishi uchun siyosiy va amaliy ko‘mak berishga tayyor».

«Men Rossiyani keskinlikni pasaytirishga chaqiraman. Shu bilan birga, biz Rossiya bilan muloqot uchun ochiqmiz», — dedi NATO bosh kotibi.

Avvalroq AQSh ittifoqchilar bilan rus qo‘shinlarining Ukraina chegarasida to‘planishi masalasini muhokama qilgandi.

Mavzuga oid
Top