22:33 / 28.11.2021
9179
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga urinish ishi bo‘yicha parlament deputati hibsga olindi
Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston parlamenti deputati Bakitbek Jyetigenov respublikada hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha qo‘lga olindi. Siyosatchi tergov izolyatoriga yetkazilgan.

Tergov taxminiga ko‘ra, Jyetigenov va uning hamkasbi, “Xalq uyg‘unligi” jamoatchilik birlashmasi yetakchisi Askat Temraliyev respublikada parlament saylovlaridan keyin ommaviy noroziliklar uyushtirib, davlat to‘ntaruvini sodir etishni rejalashtirgan.

Avvalroq Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallashni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ygani ma'lum qilingandi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublikada tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga urinayotganlarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga va'da bergan.

28 noyabrda Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Top