12:37 / 29.11.2021
3348

Abdulaziz Komilov BMT Maxsus ma'ruzachisi bilan uchrashdi

29 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish, asosiy erkinliklarini ilgari surish bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama qildi.

«BMT maxsus ma'ruzachisi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, boshqa davlatlarda og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxslarga samarali yordam ko‘rsatish, jumladan, Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan odamlarni, ayniqsa, ayollar va bolalarni vatanga qaytarish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi», — deyiladi TIV axborotida.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik yordami ko‘rsatish zarurligi haqida umumiy fikr bildirildi.

Top