16:21 / 29.11.2021
3921
Hindistonda yuk mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
Foto: PTI Photo

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar berdi.

Avtohalokat kechki payt yuz bergan.

Qurbonlar krematoriyga ketayotgan yo‘lovchilar bo‘lgan, jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, avtohalokatga avtomobilni ehtiyotsizlik bilan boshqarish va yo‘ldagi quyuq tuman sabab bo‘lgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda har yili 500 mingga yaqin YTH oqibatida 150 mingga yaqin odam halok bo‘ladi.

Top