03:18 / 29.11.2021
9786

La Liga. «Real» Vinisiusning so‘nggi daqiqalarda urgan supergoli evaziga «Sevilya»ni mag‘lub etdi

Foto: Real Madrid

Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Real» o‘z maydonida «Sevilya» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda Rafa Mirning goliga Karim Benzema javob berdi. 87-daqiqada esa Vinisius Junior supergoli bilan mezbonlarga 3 ochko taqdim etdi.

«Real» ochkolarini 33taga yetkazib, eng yaqin ta'qibchilari — «Atletiko» va «Real Sosedad»dan 4 ochkoga o‘tib ketdi. 28 ochkosi bor «Sevilya» 4-o‘ringa tushdi.

La Liga. 15-tur
Real — Sevilya 2:1

28 noyabr, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Benzema (32), Vinisius (87) — Mir (12). 
Real Madrid — Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 90+4), Militao,  Alaba, Mendi, Kazemiro, Modrich (Kamavinga, 73), Kroos, Asensio (Valverde, 73), Vinisius (Nacho, 90+2), Benzema. 
Sevilya — Bunu, Montiel (Munir, 90+1), Kunde, Karlos, Akunya, Rakitich (Dileyni, 71), Fernando, Xordan (Rodriges, 81), Oyeampos (Idrissi, 90+1), Gomes (Torres, 81), Mir.
Ogohlantirishlar: Akunya (35),  Montiel (54), Kroos (61), Karvaxal (69), Okampos (84), Kazemiro (90+2).

Mavzuga oid
Top